Yangilanishlar
Saytda nima qoʻshildi va nima oʻzgardi. Yangiliklarni Telegram kanalimizda ham yozib boramiz.
Tez orada
- Qolgan mavzular nazariyasi: koordinatalar geometriyasi, funksiyalar, ketma-ketliklar, trigonometriya, hosila, integral, vektorlar.
- Yangi mavzular uchun test savollari (trigonometriya, hosila, vektorlar va boshqalar).
Nazariya va boshqa Premium imkoniyatlari haqida: Premium.
Nazariya, formulalar, mavzular tuzilmasi, Premium va bepul limit
- OʻzgarishXatolarni takrorlash, oxirgi xatolar roʻyxati va mavzular boʻyicha zaif joylar tahlili endi Premium bilan ochiladi. Bepulda xatolaringiz soni koʻrinib turadi va ular yigʻilib boraveradi: Premium olsangiz, hammasi joyida turadi.
- OʻzgarishBepul rejimda kuniga 30 ta savol ishlash mumkin (Toshkent vaqti bilan har kuni 00:00 da yangilanadi). Premium bilan testlar cheksiz.
- YangiNazariya: mavzular boʻyicha tushuntirishlar, ishlangan misollar va tipik xatolar. Hozir 11 ta mavzu (algebra: oʻxshash hadlar, darajalar, qisqa koʻpaytirish, koʻpaytuvchilarga ajratish, kvadrat tenglamalar, parabola, tenglamalar sistemasi, tengsizliklar, ildizlar va boshqalar). Har mavzuning taxminan 15% qismi hammaga ochiq, toʻliq matn Premium bilan.
- OʻzgarishMavzular tuzilmasi yangilandi: har mavzuda Nazariya, Formulalar va Test boʻlimlari bitta sahifada. Yangi boʻlimlar: Ketma-ketliklar va binom, Geometriya va koordinatalar, Trigonometriya, Vektorlar, Hosila va integral.
- YangiFormulalar boʻlimi: matematika formulalari mavzular boʻyicha, oʻzbek tilida: algebra, tenglamalar, funksiyalar, geometriya, trigonometriya, ketma-ketliklar, hosila va integral (40 dan ortiq mavzu). Hammaga ochiq; tegishli mavzular sahifasida ham koʻrinadi.
- YangiAloqa sahifasi va Telegram yordam boti (@w3maktab_support_bot): savol, taklif yoki toʻlov bilan muammo boʻlsa, shu yerga yozing, javob botning oʻzida keladi.
- YangiYangilanishlar sahifasi: saytdagi oʻzgarishlarni shu yerda yozib boramiz.
Premium ochildi, sayt w3maktab.uz manziliga koʻchdi
- YangiPremium: 30 kunlik paket, 29 000 soʻm. Toʻlov Click, Payme yoki karta orqali, bir martalik: karta saqlanmaydi va avtomatik yechilmaydi.
- OʻzgarishSayt w3maktab.uz manziliga koʻchdi. Google bilan kirish shu manzilda ham ishlaydi.
- YangiSavollar banki kengaydi: boʻlinish belgilari, EKUB va EKUK, oddiy kasrlar, foizlar va algebra mavzularida yangi turdagi masalalar qoʻshildi.
- OʻzgarishFoydalanish shartlari va maxfiylik sahifalariga toʻlov hamda pulni qaytarish qoidalari qoʻshildi.
Xatolarim, “Xato bor” tugmasi va W3Maktab nomi
- YangiXatolarim: testda xato qilgan savol saqlanadi va oraliq bilan takrorlanadi (bugun, 1 kundan, 3 kundan keyin). 3 marta toʻgʻri yechsangiz, savol “oʻzlashtirildi” boʻladi.
- YangiTestdagi “Xato bor” tugmasi: savolda xato topsangiz, bir bosishda xabar bering. Bir necha shikoyatdan keyin savol tekshirilguncha yashiriladi.
- OʻzgarishReytingda adolatli raqobat uchun kunlik chegara: bir kunda eng koʻpi bilan 300 ta savol uchun ball beriladi.
- YangiLoyiha W3Maktab nomini oldi. “Loyiha haqida”, “Shartlar”, “Maxfiylik” va “Manbalar” sahifalari qoʻshildi.
- OʻzgarishSaytni qidiruvda topish osonlashdi, havolani ulashganda chiroyli rasm koʻrinadi.
Sayt ishga tushdi
- Yangi12 ta mavzu: Arifmetika (natural sonlar, boʻlinish belgilari, EKUB va EKUK, kasrlar, foizlar, proporsiya) va Algebra asoslari (darajalar, tenglamalar, tengsizliklar, matnli masalalar).
- YangiTest rejimi: 10 ta savol, har biriga taymer. Javobdan keyin izoh koʻrinadi, tez javob uchun qoʻshimcha ball beriladi.
- YangiGoogle bilan kirish. Kirmasdan ham ishlash mumkin, keyin kirsangiz ballaringiz akkauntga oʻtadi.
- YangiUsername tanlash: reytingda faqat username koʻrinadi, ismingiz va emailingiz hech qachon koʻrsatilmaydi.
- YangiHaftalik va umumiy reyting, shuningdek profil: ball, oʻrin, mavzular boʻyicha natija va oxirgi testlar.