Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 27-oktabr
1. Kim maʼlumotlaringizni qayta ishlaydi
W3Maktab — mustaqil taʼlim loyihasi. Maʼlumotlaringizni loyiha egasi qayta ishlaydi. Maxfiylik boʻyicha savollar va soʻrovlar uchun Telegram kanalimiz orqali murojaat qiling.
2. Qanday maʼlumotlar yigʻiladi
- Mehmon sifatida (roʻyxatdan oʻtmasdan) foydalansangiz — tasodifiy anonim identifikator. Ism, email yoki telefon soʻralmaydi.
- Google orqali kirsangiz — email manzilingiz, Google akkauntidagi ism va profil rasmi havolasi. Email orqali kirsangiz — email manzilingiz; parol bizga koʻrinmaydi, u shifrlangan (xeshlangan) holda saqlanadi.
- Username — oʻzingiz tanlaysiz. U reytingda ballaringiz bilan birga hammaga koʻrinadi. Email va Google ismingiz boshqa foydalanuvchilarga hech qachon koʻrsatilmaydi.
- Oʻquv faoliyati — boshlangan testlar, tanlangan javoblar, javob vaqti, ballar va statistika (mavzular boʻyicha natijalar).
- Shikoyatlar — «Xato bor» orqali yuborgan sababingiz va izohingiz.
- Texnik maʼlumotlar — sahifa koʻrishlar statistikasi (Vercel Web Analytics: umumlashtirilgan, cookie ishlatmaydi) va xostingda xavfsizlik uchun yoziladigan texnik jurnallar (masalan, IP manzil).
3. Cookie va brauzer xotirasi
- Kirish sessiyasini saqlash uchun zarur cookie fayllari ishlatiladi. Ularsiz kirish va testlar ishlamaydi.
- Tanlangan mavzu (yorugʻ/qorongʻi) brauzer xotirasida saqlanadi.
- Reklama va boshqa saytlarda kuzatish uchun cookie ishlatilmaydi.
4. Maʼlumotlar nima uchun ishlatiladi
- Saytning ishlashi: kirish, testlar, ball va reyting, profil statistikasi.
- Savollar sifatini oshirish va xatolarni tuzatish.
- Aldash va suiisteʼmolga qarshi kurash (masalan, kunlik limit, bir nechta akkaunt).
- Saytni yaxshilash uchun umumlashtirilgan statistika.
Maʼlumotlaringiz sotilmaydi va reklama maqsadida boshqalarga berilmaydi.
5. Xizmat koʻrsatuvchilar va saqlash joyi
Sayt ishlashi uchun quyidagi xizmatlardan foydalanadi:
- Supabase — maʼlumotlar bazasi va kirish tizimi. Serverlar Buyuk Britaniyada (London).
- Vercel — sayt xostingi va sahifa koʻrishlar statistikasi. Serverlar Buyuk Britaniyada (London).
- Google — Google akkaunti orqali kirish.
Shunday qilib, maʼlumotlaringiz Oʻzbekistondan tashqaridagi serverlarda saqlanadi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda maʼlumotlar vakolatli davlat organlariga berilishi mumkin.
6. Saqlash muddati va oʻchirish
- Maʼlumotlar akkauntingiz mavjud boʻlgan davrda saqlanadi.
- Akkauntni oʻchirishni soʻrasangiz, 30 kun ichida akkaunt va unga bogʻliq maʼlumotlar (username, testlar, ballar, shikoyatlar) oʻchiriladi.
- Mehmon maʼlumotlari anonim va vaqti-vaqti bilan tozalanishi mumkin.
7. Sizning huquqlaringiz
Siz oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni koʻrish, tuzatish yoki oʻchirishni soʻrashingiz mumkin. Username va statistikangizni profil sahifasida koʻrasiz; boshqa soʻrovlar uchun Telegram orqali murojaat qiling.
Bolalar va ota-onalar. Sayt asosan 11–15 yoshli oʻquvchilar uchun. Biz faqat Sayt ishlashi uchun zarur maʼlumotlarni yigʻamiz va bolalarning ismi yoki emailini ochiq koʻrsatmaymiz. Ota-ona yoki qonuniy vakil farzandining akkauntini oʻchirishni soʻrashi mumkin.
8. Xavfsizlik
Maʼlumotlarni himoya qilish uchun oqilona texnik choralar koʻriladi: shifrlangan ulanish (HTTPS), har bir foydalanuvchi faqat oʻz maʼlumotlarini koʻra olishi, javob va ballarni faqat serverda hisoblash. Shunga qaramay, internetda hech bir tizim mutlaq xavfsiz emas.
9. Siyosatning oʻzgarishi
Siyosat oʻzgarsa, yangi matn shu sahifada eʼlon qilinadi va «Oxirgi yangilanish» sanasi yangilanadi.