Manbalar
Savollar qayerdan olinadi
W3Maktabdagi savollar loyihaning oʻz dasturiy generatorlari yordamida yaratiladi. Har bir mavzu uchun savol shabloni yoziladi, generator undan sonlari har xil boʻlgan koʻplab savollar hosil qiladi.
- Toʻgʻri javob generator chiqargan javobdan mustaqil ravishda SymPy kutubxonasi bilan qayta hisoblanadi.
- Variantlar takrorlanmasligi va toʻgʻri javob bitta ekanligi avtomatik tekshiriladi.
- Har bir shablondan namunalar alohida (sunʼiy intellekt yordamida va qoʻlda) yechib koʻriladi.
Hozircha savollar darsliklar, boshqa saytlar yoki tashqi maʼlumotlar toʻplamlaridan olinmagan. Tashqi manba qoʻshilsa, u shu sahifada litsenziyasi bilan koʻrsatiladi.
Sayt qurilgan ochiq dasturlar
Sayt quyidagi ochiq kodli dasturlar asosida qurilgan. Ularning mualliflariga rahmat!
- Next.js — sayt karkasi
- React — interfeys
- Supabase — maʼlumotlar bazasi va kirish
- Tailwind CSS — dizayn
- shadcn/ui — interfeys komponentlari
- Radix UI — interfeys komponentlari
- KaTeX — formulalarni koʻrsatish
- SymPy — savol javoblarini hisoblash va tekshirish
Har bir dasturning litsenziyasi uning rasmiy sahifasida keltirilgan.